platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 21 dekabr kuni harorat pasayib, qor yogʻishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda 21 dekabr kuni harorat pasayib, qor yogʻishi kutilmoqda
Ertaga, 20 dekabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga Kavkazdan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Front kirib kelishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha biroz qor yogʻishi kutilmoqda, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 0+3 iliqgacha pasayadi. 21 dekabr kuni sovuq antitsiklon kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishida biroz yogʻingarchilik boʻladi. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi -3 sovuq va +2 iliq, kunduzi +3+8 iliq atrofida boʻladi. Oʻzbekiston shimolida kechasi harorat -9-11 sovuqqacha kuchayadi, kunduz kuni 0-3 sovuqqacha pasayadi. 22-23 dekabr kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22 dekabrda Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Harorat kechalari -2-5 sovuqqacha, kunduz kunlari +2+5 iliqgacha pasayadi. Respublika boʻyicha kechasi va ertalab tuman tushadi. 21-22 dekabr kunlari yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid