platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Osiyo chempionatining bugungi bellashuvlarini bronza medali bilan yakunladi

Oʻzbekiston Osiyo chempionatining bugungi bellashuvlarini bronza medali bilan yakunladi
Maʼlum qilganimizdek, poytaxtimizda karate WKF boʻyicha qitʼa birinchiligi boʻlib oʻtmoqda. Bugun sportchilarimiz jamoaviy yoʻnalishda medallar uchun kurash olib borishdi. Malayziyaga qarshi 3:1 hisobidagi gʻalaba bilan bellashuvlarni boshlagan karatechilarimiz keyinchalik Kambodjadan 3:0 hisobida ustun kelishdi. Biroq chorak finalda Eronga 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchrashdi. Shundan soʻng bronza medali yoʻlida tatamiga chiqqan hamyurtlarimiz dastlab Turkmanistonni 3:0, hal qiluvchi bosqichda esa Saudiya Arabistonini 3:2 hisobida dogʻda qoldirishdi. Afsuski, birinchi bellashuvdayoq Eronga roʻbaroʻ kelgan qizlarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, medallar uchun kurashni erta tark etishdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid