platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Ekologik partiyasiga yangi rais saylandi

Oʻzbekiston Ekologik partiyasiga yangi rais saylandi
Bugun Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumida partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisligiga Xamzayev Abdushukur Xudoykulovich nomzodi koʻrib chiqilib, ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi. A.Xamzayev 1973 yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tugʻilgan. 1995 yil Samarqand qishloq xoʻjalik institutini, 2013 yil Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi agronom olim. Qishloq xoʻjalik fanlari doktori, professor. Uzoq yillar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shugʻullunib, ilmiy-pedagogik, rahbarlik tajribasiga ega. 2022 yil iyun oyidan buyon Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. 17 ta qishloq xoʻjalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan. Shuningdek, ekologiya, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi sohasida Xitoy, Yaponiya, Koreya, Isroil, Turkiya, Germaniya, Bolgariya kabi davlatlarda malaka oshirgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid