platina.uz
Jamiyat

Oxirgi 2 yilda taʼmirga muhtoj liftlar sabab 5 kishi vafot etgan

Oxirgi 2 yilda taʼmirga muhtoj liftlar sabab 5 kishi vafot etgan
Soʻnggi 2 yilda liftlar bilan bogʻliq 4 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlgan va oqibatda 5 kishi halok boʻlgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Malika Mirjamolova maʼlum qildi. Maʼlum boʻlishicha, respublikadagi koʻp qavatli uylarda jami 6200 dan ortiq lift qurilmalari mavjud. Shulardan 5000 dan ziyodi Toshkent shahrida oʻrnatilgan. Liftlarning 290 dan ortigʻi oʻz xizmat muddatini oʻtab boʻlgan, kapital taʼmirtalab. Oʻzbekistonda 2015 yildan boshlab 780 ga yaqin koʻp kvartirali turar joy uylari qurilgan boʻlib ularda jami 2000 dan ziyod lift qurilmalari oʻrnatilgan va bu koʻrsatkich tobora oshib bormoqda. Shuningdek, liftlardan foydalanishda xavfsizlik talablarini bajarmaganlik oqibatida 2021-2022 yillar davomida jami 4 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlgan va natijada 5 nafar fuqaro hayotdan bevaqt koʻz yumgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid