platina.uz
Jamiyat

Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini sotish boʻyicha auksion savdolari bekor qilindi

Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini sotish boʻyicha auksion savdolari bekor qilindi
Avval xabar berilganidek, Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Lot 3707620, boshlangʻich bahosi 281,7 mlrd. soʻm), uning Toshkent viloyat (Lot 3707622, boshlangʻich bahosi 92,1 mlrd. soʻm) va Toshkent shahar filiallari (Lot 3707621, boshlangʻich bahosi 160,5 mlrd. soʻm) bino-inshootlari yangi Onkologiya markazining birlashgan kompleksini qurish xarajatlarini qoplash uchun «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʻyilgan edi. Bugungi kunda, mazkur obʼektlarning sotilishi hisobiga yangi zamonaviy Onkologiya markazi qurilishini amalga oshirish boʻyicha jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, tegishli topshiriqqa asosan, Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini auksion orqali sotish jarayoni toʻxtatildi va savdodan olib tashlandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid