platina.uz
Jamiyat

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi
Qonun (OʻRQ–810, 16.12.2022 y.) bilan "Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi"ga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqishga doir normalarini Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻtkazish hamda tegishli ishlarni koʻrib chiqishni maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlariga oʻtkazish belgilandi. Unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ish yuritish tartibi kiritildi. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlanganda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgandan eʼtiboran 48 soatda uni reabilitatsiya markaziga 30 sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi materiallar bunday shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi. Iltimosnoma taqdim etilgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid