platina.uz
Jamiyat

Gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3,2 mlrd soʻmga yetgan

Gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3,2 mlrd soʻmga yetgan
Uch kunda 6,5 mingga yaqin xonadonning qish mavsumida bir oylik isteʼmoliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 15-18 dekabr kunlari Ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 250 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gazdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlariga chek qoʻyildi. Mazkur noqonuniy faoliyatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3,2 mlrd soʻmni va gaz hajmi 3,9 mln kub metrni tashkil etgan. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz oʻrtacha 6,5 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning qish mavsumidagi bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi. Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari respublikaning barcha hududlarida aniqlangan. Xususan:
  • Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida fuqaro H.Hga qarashli tosh quritish sexida 260 mln soʻmlik;
  • Toshkent viloyati, Toshkent tumanida fuqaro M.Mga qarashli issiqxona xoʻjaligi 110,4 mln soʻmlik;
  • Toshkent shahri, Bektemir tumanida «Bobur Bunyod Trans» MChJga qarashli asfalt ishlab chiqarish korxonasida 82,9 mln soʻmlik tabiiy gaz noqonuniy ravishda foydalanilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluchi organlarga yuborildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid