platina.uz
Jamiyat

"Eski Toshmi" shifoxonasidagi bemorlar bir necha soat "svet"siz qolib ketishdi

"Eski Toshmi" shifoxonasidagi bemorlar bir necha soat "svet"siz qolib ketishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida joylashgan Toshkent tibbiyot instituti ("eski ToshMI") binosida elektr energiyasidan uzilish boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.  "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali holat yuzasidan maʼlumot berishicha, 18 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi  quvvati 110/35/10/6 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli “Vodil” podstansiyasidan taʼminlanuvchi yer ostdan oʻtgan kabel tarmogʻi uzib yuborilishi natijasida avariya holatida taʼminotda oʻchishlar kuzatilgan. Toshkent tibbiyot instituti binosi hududida ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida "Oʻzsuvtaʼminot" AJ tomonidan yer qazish ishlarini olib borish vaqtida ehtiyosizlik natijasida elektr tarmoqlari shikastlanishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan. Shu vaqtning oʻzidayoq ushbu holat boʻyicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filialining Yashnobod tuman elektr taʼminoti korxonasi yuqori kuchlanishdagi avariya holatlarini barataraf etish maxsus tezkor ishchi-brigada xodimlari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha tezkor taʼmirlash ishlari olib borilib, shu kunning oʻzida bino elektr energiyasi bilan toʻliq taʼminlangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid