platina.uz
Jamiyat

Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi

Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi
"Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ–443-son, 19.12.2022 y.) qabul qilindi Qarorga koʻra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaryadlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etiladi. 2030 yil 1 yanvargacha: respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yigʻimidan ozod etiladi; xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni, shu jumladan servis xizmati koʻrsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi; respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya toʻlanadi. Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini koʻrsatuvchilar 2030 yil 1 yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi. 2023 yil 31 yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi boʻyicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid