platina.uz
Jamiyat

Ekin urugʻlarini sertifikatlash reglamenti tasdiqlandi

Ekin urugʻlarini sertifikatlash reglamenti tasdiqlandi
Hukumat qarori (712-son, 16.12.2022 y.) bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi. Reglamentga muvofiq, urugʻlarni sertifikatlash uchun davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali, shuningdek Oʻzagrosanoatinspeksiyaga ariza beriladi. Sertifikatlash uchun urugʻlar turidan kelib chiqib BHMning 7 baravaridan 20 baravarigacha (2,1 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha) yigʻim undiriladi. Oʻzagrosanoatinspeksiya sinov bayonnomasi va tahlil natijalari hamda hujjatlarni koʻrib chiqqanidan soʻng mahsulotga muvofiqlik sertifikati beradi yoki rad etadi. Sertifikat berish muddati barcha hujjatlar taqdim qilingan va sinov natijalari yakunlanganidan soʻng 3 ish kunidan oshmasligi kerak. Bundan tashqari qaror bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi: urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash; donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash; urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid