platina.uz
Jamiyat

DSQ tomonidan quyi soliq organlarining 109 ta qarori soliq toʻlovchilar foydasiga bekor qilingan

DSQ tomonidan quyi soliq organlarining 109 ta qarori soliq toʻlovchilar foydasiga bekor qilingan
2022 yilning 1 dekabr holatida DSQga shikoyat berish tartibida jami 1 485,6 mlrd soʻmlik 459 ta soliq nizosiga oid shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ularning barchasini belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi taʼminlangan. Shundan: soliq auditi boʻyicha — 1 268,7 mlrd soʻmlik 267 ta shikoyat; sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha — 216,9 mlrd soʻmlik 192 ta shikoyat. Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan: 528,0 mlrd soʻmlik 109 ta murojaat boʻyicha (shundan, 28 tasi 442,4 mlrd soʻmlik qisman) soliq toʻlovchilarning shikoyati qanoatlantirilgan; 579,5 mlrd soʻmlik 316 ta murojaat boʻyicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari oʻz kuchida qoldirilib, bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan; 378,1 mlrd soʻmlik 34 ta murojaat boʻyicha oʻrganish davom etmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid