platina.uz
Jamiyat

Andijondagi quyuq tuman oqibatida 8 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir boʻldi (video)

Andijondagi quyuq tuman oqibatida 8 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir boʻldi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon-Shahrixon yoʻlida quyuq tuman va yoʻlning muzlamaligi sabab oʻnlab mashinalar ishtirokida YTH sodir boʻlgani aks etgan video xabar tarqaldi. [video width="480" height="854" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2022/12/a11varya-1.mp4"][/video] Viloyat IIB axborot xizmati maʼlum qilishicha,  haqiqatdan ham Asaka tumani hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yoʻlning 420 kilometrida 8 ta avtomashinalar ishtirokida YTH yuz bergan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, avtotransport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda Asaka tumani YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay ob-havo sharoitida tezlikni oshirmasdan oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlari soʻralmoqda.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid