platina.uz
Jamiyat

Andijon va Jizzaxda gaz hisoblash uskunalarini talon-toroj qilgan hududgaz mansabdorlari qoʻlga tushdi

Andijon va Jizzaxda gaz hisoblash uskunalarini talon-toroj qilgan hududgaz mansabdorlari qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu filialning Andijon shahar boʻlimi mansabdor shaxslari va boshqalar 839 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan “Sharof Rashidov tumangaz” gaz taʼminot boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu boʻlim mansabdor shaxslari jami 93 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid