platina.uz
Jamiyat

2022 yilgi davlat byudjeti xarajatlari yana 2 trln soʻmdan ortiqqa oshirilmoqda

2022 yilgi davlat byudjeti xarajatlari yana 2 trln soʻmdan ortiqqa oshirilmoqda
Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, deputatlar tomonidan yil oxiriga kelib 2022 yil davlat byudjetiga oʻzgartirish toʻgʻrisida masala koʻrib chiqilmoqda. Deputatlar qoʻliga shoshilinch berilgan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasi koʻra, 2022 yil byudjetidan:
  • davlat-xususiy sherikchiligi asosida asosida faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonining ortib borayotgani hisobiga ushbu yoʻnalishga qoʻshimcha subsidiyalar ajratish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi 407,1 mlrd soʻmga;
  • Issiqlik taʼminoti boʻyicha aholiga past darajali tariflar qoʻllanishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash maqsadida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 404,7 mlrd soʻmga;
  • eksport qilinadigan mamlakatlarda mahalliy avtomobil sanoati korxonalari tomonidan toʻlanadigan utilizatsiya yigʻimi harajatlariga davlat byudjetidan mablagʻ ajratish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 224,5 mlrd soʻmga;
  • Hududlarda zudlik bilan yechilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida keyinchalik mahalliy byudjetlarga qayta taqsimlash (oʻtkazib berish) maqsadida Moliya vazirligiga 1 000,0 mlrd soʻmga oshirish koʻzda tutilgan.

"Eng qizigʻi utilizatsiya yigʻimi kimlarga va qanday maqsadlarda ishlatilayotgani, monopolist  "UzavtoMotors" utilizatsiya yigʻimini toʻlayaptimi yoʻqmi, bu yashirilayotgan bir vaqtda davlat byudjetidan utilizatsiya yigʻimi harajatlariga 224,5 mlrd soʻm ajratish soʻralishi mantiqsizlik. Katta ehtimol bilan xalqning gʻaznasidagi bu pullar monopolist kompaniyaning hisobiga oʻtkaziladi.

Albatta koʻplab savollarga javoblar maxfiy qolayotgan bir vaqtda bu loyihaning qabul qilinishiga toʻliq qarshiman", - deydi R.Kusherbayev.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid