platina.uz
Jamiyat

20 dekabr kuni poytaxtimizdagi ayrim tumanlarda suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

20 dekabr kuni poytaxtimizdagi ayrim tumanlarda suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
"Oʻzsuvtaʼminot" AJ ning rasmiy bayonotiga koʻra, Toshkent shahri Sergeli tumani Qipchoq koʻchasidan oʻtuvchi yer usti metro yoʻli qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan diametri 1000 mm boʻlgan ichimlik suvi tarmogʻini koʻchirib oʻtkazilgan qismini qayta ulash ishlari vaqtida, yaʼni 20-dekabr soat 9:00 dan 21-dekabr soat 9:00 gacha quyidagi manzillarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi: Sergeli tumanida: “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonabod”, “Qushbegi”, “Xonabodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo boʻyi”, “Fayzli”, “Jaloir”, “Qipchoq”, “Sugʻdiyona”, “Oʻzgarish”, “Habibiy”, “Temir yoʻlchi”, " Shukur Burxonov", "Yangi Sergeli", “Tinchlik”, “Guliston”, “Bobur”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Humo” mahallalarida. 1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavodi va turli ishlab chiqaruvchi korxonalar. 8-qozonxona, TBK nasos stansiyasi, yongʻinga qarshi kurashish boʻlimi, “Rersi” zavodi, "Paxta tola" zavodi, gʻisht zavodi, bojxona ombori, 25-sonli oʻrta maktab. Yangihayot tumanida: “Qipchoq”, “Yoʻldosh”, “Al-Fargʻoniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Doʻstlik”, “Chortoq”, “Charagʻon”, “Toshkent” mahallalarida. 1-sonli tugʻruq kompleksi, 37-sonli poliklinika, teri-tanosil shifoxonasi, oʻlikxona, Yangihayot tuman hokimiyati, metall zavodi, 12-avtobus parki, “Green park”, “Evrika” xususiy bogʻchasi. Suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus transport vositalari yordamida yetkazib beriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid