platina.uz
Jamiyat

Vladimir Norov maxsus topshiriqlar boʻyicha AQSh elchisi bilan uchrashdi

Vladimir Norov maxsus topshiriqlar boʻyicha AQSh elchisi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov xalqaro diniy erkinlik masalalari boʻyicha maxsus topshiriq boʻyicha AQSh elchisi Rashad Husayn bilan uchrashdi.
Amerika tomoniga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida maʼlumot berildi. Diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlash, dindorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularning qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasining muhim yoʻnalishi ekani taʼkidlandi. Rashad Husayn Oʻzbekistonda fuqarolarning diniy sohadagi huquq va manfaatlarini taʼminlash, bu boradagi milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, mamlakatimizda konfessiyalararo totuvlik muhitini mustahkamlash, Fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan diniy tashkilotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarning natijalarini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Shuningdek, Amerika tomoni diniy marosimlarni bajarish va dindorlar tomonidan oʻz eʼtiqodlarini ifodalash uchun yanada kengroq shart-sharoitlar yaratilishi muhimligini taʼkidladi. Rashad Husayn bu boradagi islohotlar davom etishiga, qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi saʼy-harakatlarga umid bildirdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar diniy erkinliklarni himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun doimiy  muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid