platina.uz
Jamiyat

Tez orada oʻqituvchilarga qoʻshimcha ishlarni yuklaydiganlarni jazolovchi qonun qabul qilinadi

Tez orada oʻqituvchilarga qoʻshimcha ishlarni yuklaydiganlarni jazolovchi qonun qabul qilinadi
Bu haqda Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻʼba mudiri Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
“Afsuski, farzandlarimizga taʼlim berayotgan oʻqituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz boʻldi. Ulardan bogʻbon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat koʻrsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda boʻsh zallarni toʻldiruvchi “massovka”, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi. Endi bu ishlarni toʻxtatish vaqti keldi. Chunki oʻqituvchilar qadrini koʻtarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz. Oʻqituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti”, - deya yozdi Saida Mirziyoyeva.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid