platina.uz
Jamiyat

Tadbirkorlik subʼektlari xodimlarining mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha 292 mlrd soʻmdan ortiq qarzdorligi mavjud

Tadbirkorlik subʼektlari xodimlarining mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha 292 mlrd soʻmdan ortiq qarzdorligi mavjud
Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda toʻlanishi lozim. Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega bulgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari toʻlovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda. Jumladan, 140 343 ta korxona va tashkilotdagi 385 644 nafar xodimning 451 866 ta soliq obʼekti boʻyicha 292,1 mlrd soʻm (mol-mulk soligʻi boʻyicha 110,6 mlrd soʻm va yer soligʻi boʻyicha 181,5 mlrd soʻm) miqdorida toʻlanmagan soliq qarzdorligi mavjud. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar sohalar kesimida urganilganda:
  • sanoat sohasidagi 19 732 ta tashkilotda ishlovchi 114 538 nafar xodimning soliq qarzi 130 726 ta obʼektda 73,7 mlrd sum (25,2%);

  • qishloq, urmon va baliq xujaligi sohasidagi 42 511 ta tashkilotda ishlovchi 73 217 nafar xodimning soliq qarzi 83 986 ta obʼektda 70,1 mlrd sum (24%);

  • savdo sohasidagi 36 165 ta tashkilotda ishlovchi 5 6 858 nafar xodimning soliq qarzi 71 601 ta obʼektda 47,1 mlrd sum (16,1%);

  • qurilish sohasidagi 9 684 ta tashkilotda ishlovchi 37 101 nafar xodimning soliq qarzi 43 426 ta obʼektda 32,2 mlrd sum (11%);

  • tashish va saqlash sohasidagi 5 181 ta tashkilotda ishlovchi 29 845 nafar xodimning soliq qarzi 33 683 ta obʼektda 18,2 mlrd sum (6,2%);

  • yashash va ovqatlanish buyicha xizmatlar sohasidagi 8 026 ta tashkilotda ishlovchi 13 077 nafar xodimning soliq qarzi 16 327 ta obʼektda 11,3 mlrd sum (3,9%);

  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar kursatish sohasidagi 3 487 ta tashkilotda ishlovchi 8 043 nafar xodimning soliq qarzi 9 675 ta obʼektda 5,1 mlrd sum (1,7%);

  • axborot va aloqa sohasidagi 1 503 ta tashkilotda ishlovchi 7 002 nafar xodimning soliq qarzi 7 996 ta obektda 3,8 mlrd sum (1,3%);

  • boshqa faoliyat turlari sohasidagi 14 054 ta tashkilotda ishlovchi 45 963 nafar xodimning soliq qarzi 54 446 ta obʼektda 30,6 mlrd sumni (10,5%) tashkil etdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid