platina.uz
Jamiyat

"Markaziy Osiyo+ formati mintaqaviy muvozanatni mustahkamlash va saqlashga xizmat qiladi" — Vladimir Norov

"Markaziy Osiyo+ formati mintaqaviy muvozanatni mustahkamlash va saqlashga xizmat qiladi" — Vladimir Norov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov "Yangi Oʻzbekiston - oʻzgaruvchan va oʻzaro bogʻliq dunyoda ishonchli hamkor" mavzusidagi davra suhbati davomida "Markaziy Osiyo+" formatidagi muloqotni rivojlantirish masasalariga eʼtibor qaratdi. Qayd etilganidek, bugungi kunda "Markaziy Osiyo+" shaklidagi uchrashuvlar Rossiya, Xitoy, AQSh, Germaniya, Italiya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Koʻrfazi Arab hamkorlik Kengashi va Evropa Ittifoqi bilan oʻtkazib kelinmoqda. Ushbu mexanizm mintaqa mamlakatlarining asosiy tashqi siyosiy sheriklar va tashkilotlar bilan hamkorligining holati va istiqbollarini muhokama qilish imkonini beradi. Xususan, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri yaqinda Samarqandda boʻlib oʻtgan "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo oʻzaro bogʻliqligi: "Global darvoza" birinchi xalqaro konferensiyasini eslatib oʻtdi. Mazkur anjuman doirasida barqaror oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish, "yashil" rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash va pandemiya oqibatlaridan xalos boʻlish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid