platina.uz
Jamiyat

Imtiyozli kredit mablagʻini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Imtiyozli kredit mablagʻini talon-toroj qilish holati aniqlandi
Namanganda imtiyozli kredit mablagʻini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.q.” MChJ rahbari A.T. va boshqalar hududiy tijorat banki filiali masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib shlakoblok ishlab chiqarish dastgohlari sotib olish uchun ajratilgan 223 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini “V.G.” MChJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olib talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid