platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada Koreya kompaniyasi tomonidan zamonaviy bogʻcha quriladi

Fargʻonada Koreya kompaniyasi tomonidan zamonaviy bogʻcha quriladi
Viloyat hokimi hamda koreyalik mutaxassislar oʻrtasi boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar zamon talabiga javob beradigan, ingliz tili oʻrgatishga ixtisoslashgan yangi MTT barpo etishga kelishib olgan. «Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Fargʻona viloyati delegatsiyasi joriy yil mart oyida Koreyaga tashrifi doirasida Seulda Chungrim Xan bilan muzokaralar oʻtkazib, viloyat hokimligi va «Edulink Global» kompaniyasi oʻrtasida Fargʻonada maktabgacha taʼlim sohasiga investitsiya kiritish yuzasidan qiymati 2 mln. dollarlik hamkorlik memorandumi imzolangandi», - deyiladi viloyat hokimligi Axborot xizmati xabarida. Bogʻcha qurilishi kelgusi yil boshida boshlanadi. Shuningdek, koreyalik mutaxassislar bogʻchani jihozlash, pedagoglarni tayyorlashni ham zimmasiga olgan. 400 oʻrinli boʻlishi kutilayotgan mazkur tashkilot kelgusi yilning oktabr oyida ishga tushadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid