platina.uz
Jamiyat

Bugun Toshkentda isteʼdodli oʻzbek adibi Sobir Oʻnar 58 yoshida vafot etdi

Bugun Toshkentda isteʼdodli oʻzbek adibi Sobir Oʻnar 58 yoshida vafot etdi
Bugun Toshkentda isteʼdodli oʻzbek adibi Sobir Oʻnar 58 yoshida vafot etdi. Sobir Oʻnar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanidagi Quvkalla qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986).
Ilk hikoyasi — «Kunsuluvning xatlari». Shundan soʻng yozuvchining «Orzuga toʻla qishlok» (1989), «Ovloq adirlar bagʻrida» (1990), «Chashma» (1991) hikoyalar toʻplamlari nashr etilgan. «Chambilbelning oydalasi» (2006) asari muallifi. Qorakalpoq adibi X. Tojimurodovning «Ov xangomalari» (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning «Karbalo fojeasi» qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
"Platina.uz" jamoasi adibning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid