platina.uz
Sport

Argentina jahon chempioniga aylandi

Argentina jahon chempioniga aylandi
Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtgan jahon chempionati bahslari yakunlandi. Turning hal qiluvchi bahsida Argentina va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bahslashdi. Bahs dramatik tarzda kechdi. Birinchi boʻlimda argentinaliklar ikki marotaba gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Messi va Di Mariya gol mualliflariga aylanishdi. Ikkinchi boʻlimning yakunlashi arafasida esa Mbappe ikki bor gol urib, muvozanatni tikladi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakun topdi. Qoʻshimcha boʻlimlarning ikkinchisida esa Messi navbatdagi toʻpini yoʻlladi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay, Mbappe penaltidan muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida esa Argentina gʻalaba qozonib, jahon chempioniga aylandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid