platina.uz
Jamiyat

Andijon viloyati hokimi ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari topshirilishini maʼlum qildi

Andijon viloyati hokimi ehtiyojmand oilalarga quyosh panellari topshirilishini maʼlum qildi
Andijon viloyati hokimi bir qancha hududlardagi aholi bilan uchrashuvlarida yangi taklifini maʼlum qildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, kam taʼminlangan xonadonlarga tuhfa yoki yordam sifatida televizor, muzlatgich yoki isitgich kabi maishiy texnikalar topshirish bir tomondan ularning elektr uchun harajatini koʻpaytirmoqda. Moddiy yordam soʻrab murojaat qilayotgan fuqarolar ham aksar hollarda elektrdan qarzdorlik sabab yordam soʻramoqda.
"Shundan kelib chiqib, ehtiyojmand oilalarga yordam koʻrsatishda quyosh paneli topshirishni joriy qilish koʻzda tutiladi. Panellar Prezidentimiz nomidan topshiriladi va xonadonlarga oʻrnatib ham beriladi", - deyiladi xabarda.
Bu orqali oʻsha xonadonning elektr energiyasi barqarorlashadi, harajati kamayadi, toʻlovdagi yetishmovchiliklar ortda qoladi, xonadonni isitish osonlashadi va oilaning hozirdagi asosiy muammolaridan bir nechtasi yechim sari yuzlanadi. Ushbu tashabbus barcha joylarda aholi vakillari (“Temir daftar” roʻyxatida boʻlgan fuqarolar) tomonidan iliq va qizgʻin qabul qilindi. Viloyat hokimi tez orada mazkur rejani amalga koʻchirishni boshlashini maʼlum qildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid