platina.uz
Jamiyat

Yakkabogʻda 17 nafar hokim yordamchisiga hayfsan berildi

Yakkabogʻda 17 nafar hokim yordamchisiga hayfsan berildi
Hokim Lutfiddin Abdullayevning "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha ayrim Yakkabogʻ tumani hokimi yordamchilariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi. Qaror bilan tumandagi "Daryo", "Tatar", "Qayragʻoch", "Esat", "Yangihayot", "Sandal", "Alakoʻylak", "Paxtakor", "Jambul", "Shar-sharbogʻot", "Ishkent", "Mevazor", "Farovonlik", "Aygʻirkoʻl", "Choʻmich", "Obod", "Gʻozliq" mahallalarining hokim yordamchilariga hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. Bunga sabab qilib "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi  qarorda belgilab berilgan vazifalar lozim darajada bajarilmaganligi koʻrsatilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid