platina.uz
Jamiyat

Xalq taʼlimi tizimida oʻtkazilayotgan vakant lavozimlar tanlovining natijalari eʼlon qilindi

Xalq taʼlimi tizimida oʻtkazilayotgan vakant lavozimlar tanlovining natijalari eʼlon qilindi
Xalq taʼlimi tizimida vakant lavozimlar tanlovining natijalari hamda kelgusi haftada nomzodlar uchun suhbat jarayonlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Mazkur haftada markaziy apparatining 1 ta boshqarma boshligʻi lavozimiga hujjat topshirgan nomzodlarning malaka talabi oʻrganilib, test sinovidan oʻtkazilib hamda 7 ta bosh va 2 ta yetakchi mutaxassisi va 6 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimlariga testdan ijobiy natija olgan nomzodlar bilan ularning malakasi va kasbiy koʻnikmasi vakant lavozimlarga mosligini aniqlash maqsadida suhbat oʻtkazildi. Oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra, vazirlik markaziy apparatiga 1 ta yetakchi mutaxassis, 1 ta hududiy xalq taʼlimi boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari hamda 1 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimlariga munosib nomzodlar tayinlandi. Kelgusi haftada Tanlov komissiyasi tomonidan vazirlik markaziy apparatida 1 ta boshqarma boshligʻi, 2 ta bosh va 1 ta yetakchi mutaxassis hamda 2 ta boshqarma boshligʻi birinchi oʻrinbosari, 2 ta boshqarma boshligʻi oʻrinbosari va 11 ta tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimlariga nomzodlar uchun suhbat jarayonlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid