platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish ishlari 2023 yil fevral oyida boshlanadi

Sirdaryoda bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish ishlari 2023 yil fevral oyida boshlanadi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining (JBIC) boshqaruvchi ijrochi direktori Makoto Uchida, «Kyuden International» kompaniyasi prezidenti Ryotaro Yusu va "Sojitz Corporation" kompaniyasi bosh operatsiyalar direktori Takefumi Nishikavadan iborat Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi. ITSV maʼlumotiga koʻra, muloqot chogʻida «Sirdaryo viloyatida «EDF» (Fransiya), "Nebras Power" (Qatar), "Sojitz Corporation" va "Kyuden International" (Yaponiya) konsorsiumi tomonidan quvvati 1600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish» loyihasini amalga oshirishni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Yaponiya kompaniyalari vakillari loyihani ilgari surishda koʻrsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, 2023 yil fevralidan qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalarini maʼlum qilishdi. Oʻz navbatida, JBIC rahbariyati moliyalashtirish uchun bank tayyor ekanligini bildirib, ushbu loyiha Oʻzbekistonda birinchi boʻlib suveren kafolatsiz amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Maʼlumot uchun: JBIC bilan hamkorlik oʻrnatilganidan buyon umumiy qiymati 2,6 milliard dollardan ortiq boʻlgan 11 ta loyiha amalga oshirilgan boʻlib, shundan bank krediti 1,4 milliard dollarni tashkil etadi. Uchrashuvda, shuningdek,"Sojitz Corporation" va "Kyuden International" kompaniyalari bilan qayta tiklanadigan energiya, vodorod energetikasi, kimyo va sogʻliqni saqlash sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid