platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni oʻzining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Unda mamlakatimizdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar koʻrib chiqildi. Davlat rahbari barcha muhim yoʻnalishlardagi yangilanishlarga toʻxtalar ekan, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini taʼminlash, davlat boshqaruvida transformatsiya jarayonlarini shuningdek, raqamlashtirish va investitsion jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida taʼkidladi. Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda Oʻzbekiston tomonidan koʻrilayotgan samarali chora-tadbirlar  iqtisodiy islohotlarning dinamikasini taʼminlayotganini taʼkidlab, bu sohadagi birgalikdagi saʼy-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qoʻllab-quvvatladi. Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yoʻnalishlar ham koʻrib chiqildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid