platina.uz
Jamiyat

Qora “MALIBU” izidan...

Qora “MALIBU” izidan...
Qidiruvdagi avtotransport vositasi Buxoro shahrida ekanligi maʼlum boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyat boshqarmasi katta inspektori Ixtiyor OLIMOV platina.uz ga xabar berdi... Yaxshi bilamizki, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishda banklardan olingan kredit mablagʻlari muhim vosita hisoblanadi, biroq kredit mablagʻlarini qaytarishni unutishayotgan fuqarolarimiz ham afsuski uchrab turadi. Bunday vaziyatlarda, banklar kredit qarzlarini undirish borasida sudlarga murojaat qilishga majbur boʻlishmoqda. Byuro organlari ish yurituvidagi kredit qarzlarini undirishga doir ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida barcha qonuniy choralar koʻrilmoqda. Misol uchun, fuqarolik ishlari boʻyicha Romitan tumanlararo sudining 2022 yil 09 iyundagi qaroriga asosan qarzdor “X.X.Z.” MChJdan undiruvchi ATB “Agrobank” Romitan filiali foydasiga 467 mln. 408 ming soʻm kredit qarzi undirish va undiruvni fuqaro J.Nasriyevga tegishli boʻlgan 2012 yilda ishlab chiqarilgan, “Malibu” rusumli avtomashinaga qaratish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Jondor tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Qarzdorga ijro hujjati mazmun mohiyati toʻliq tushuntirilib, bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan boʻlsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan. Boʻlim davlat ijrochisining tegishli qaroriga asosan “Malibu” avtomashinasiga qidiruv eʼlon qilinib, qaror ijrosini taʼminlash Byuroning qidiruv xodimlariga topshirilgan. Qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Malibu” avtomashinasi Buxoro shahar hududida harakatlanib yurganligi haqida tezkor maʼlumotlar olingan va oʻtkazilgan tadbir natijasida avtomashina Buxoro shahrida topilib, tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Qarzdorlik bartaraf qilinmasa, mazkur avtomashina baholanib, savdoga chiqarilishi haqida qarzdor ogohlantirilgan. Ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarmaslik, majburiy ijro harakatlarining oʻtkazilishiga sabab boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid