platina.uz
Jamiyat

Qarz summasi 3 million soʻmdan ortiq boʻlsa, fuqarolar oʻrtasida shartnoma tuzilishi shart

Qarz summasi 3 million soʻmdan ortiq boʻlsa, fuqarolar oʻrtasida shartnoma tuzilishi shart
Fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi BHMning 10 baravaridan (3 mln soʻmdan) ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs boʻlganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud boʻlsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan boʻlsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid