platina.uz
Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bir qator davlat maslahatchilariga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bir qator davlat maslahatchilariga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi. Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi; Kaxraman Ramatullayevich Sariyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi; Umar Sapayevich Ismailov Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi; Ulugʻbek Islomovich Muxammadiyev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid