platina.uz
Jamiyat

Navoiy viloyati hokimi senatorlikka saylandi

Navoiy viloyati hokimi senatorlikka saylandi

Bugun Navoiy shahrida xalq deputatlari Navoiy viloyati, tuman va shahar kengashlari deputatlarining boʻshab qolgan oʻringa Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qoʻshma majlisda Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev ishtirok etgan va nomzodni saylash tartibi toʻgʻrisida yigʻilganlarga atroflicha maʼlumot bergan. Qoʻshma majlisga xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Jamoliddin Hamroyev raislik qilgan.

Senat aʼzoligiga Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov nomzodi ilgari surilgan hamda yashirin ovoz berish jarayonlari oʻtkazilgan. Sanoq komissiyasi xulosasiga koʻra, qoʻshma majlisda 312 nafar deputat qatnashib, ulardan 309 nafari nomzodni yoqlab ovoz bergan.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil noyabr oyidan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelayotgan Normat Tursunov 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid