platina.uz
Jamiyat

Mehnat migratsiyasi sohasida Oʻzbekiston-Polsha oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tomonlar uchun manfaatli boʻlishi aytildi

Mehnat migratsiyasi sohasida Oʻzbekiston-Polsha oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tomonlar uchun manfaatli boʻlishi aytildi
2022 yilning 16 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Polsha Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Elchiga davlatimiz rahbarining xalqaro minbarlarda eʼlon qilingan muhim tashabbuslari haqida maʼlumot berildi. Oʻzbekiston Prezidentining BMT shafeligida Afgʻoniston hukumati bilan tomonlar majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokara guruhini shakllantirish haqidagi taklifining dolzarbligi alohida taʼkidlandi. Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, jumladan, iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini oʻtkazish boʻyicha aniq takliflar muhokama qilindi. Mehnat migratsiyasi sohasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdorlik bildirildi. Madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha ham soʻz yuritildi. [contact-form][contact-field label="Name" type="name" required="true" /][contact-field label="Email" type="email" required="true" /][contact-field label="Website" type="url" /][contact-field label="Message" type="textarea" /][/contact-form]
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid