platina.uz
Jamiyat

Markaziy bank 3 ta toʻlov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi

Markaziy bank 3 ta toʻlov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi
Oʻzbekiston Markaziy banki mamlakatdagi 3 ta toʻlov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasiga muvofiq, toʻlov tashkiloti litsenziya olingan kundan eʼtiboran bir yil davomida faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022 yil 15 dekabrdagi qaroriga asosan:
  • “International Eco Pay” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
  • “Panda Internet Technology” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
  • “UGNIS” masʼuliyati cheklangan jamiyatining toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olinganligi hamda toʻlov tashkilotlari reyestridan chiqarilganligi maʼlum qilinadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid