platina.uz
Sport

JCh-2022. Xorvatiya Marokashni magʻlub etib, bronzaga ega chiqdi

JCh-2022. Xorvatiya Marokashni magʻlub etib, bronzaga ega chiqdi
Qatarda oʻtayotgan jahon chempionatida 3-oʻrin uchun bahs yakuniga yetdi. Unda Xorvatiya va Marokash terma jamoalari oʻzaro bahslashdi. Bahs 2:1 hisobida xorvatiyalik futbolchilarning muvaffaqiyati bilan yakunlandi. Shu tariqa, Zlatko Dalich shogirdlari JCh-2022ning bronza medaliga ega chiqishdi. Bu natija orqali xorvatiyaliklar 1998 yilgi natijasini takrorlashdi. 24 yil avval ham Xorvatiya bronzaga ega chiqqandi. Eslatib oʻtamiz, final uchrashuvi 18 dekabr kuni Fransiya va Argentina terma jamoalari ishtirokida boʻlib oʻtadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid