platina.uz
Jamiyat

Janubiy Koreya Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyoti uchun 330 ming dollar ajratadi

Janubiy Koreya Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyoti uchun 330 ming dollar ajratadi
Janubiy Koreya Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyoti uchun 330 ming dollar ajratadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Janubiy Koreya Respublikasida xizmat safarida boʻldi. AKT vazirligidan iborat delegatsiya aʼzolari Koreya Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligiga tashrif buyurib, ushbu vazirlik rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Tashrif davomida Koreya Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari Xan Chang Sob bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv natijasiga koʻra, «Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish boʻyicha Oʻzbekiston—Koreya ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish» loyihasini davom ettirish boʻyicha anglashuv memorandumini imzolandi. Loyiha doirasida 2020—2022 yillar uchun 1 mln dollar mablagʻ ajratilgan edi. Ushbu loyihani davom ettirish maqsadida Koreya tomoni bilan 2023 yilda Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida loyiha qiymati 330 ming dollar miqdorida mablagʻ ajratish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid