platina.uz
Jamiyat

Farhod Ermanov Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi lavozimini egalladi

Farhod Ermanov Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi lavozimini egalladi
Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Avvalroq Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelgan Qahramon Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi. Farhod Ermanov 1958 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanida tugʻilgan. 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: muhandis-mexanik, iqtisodchi. U mehnat faoliyatini 1975 yilda Amudaryo tumani Mangʻit shahri profilaktika-dezinfeksiyalash boʻlimi ishchisi lavozimidan boshlagan. Farhod Ermanov 1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998-2002 yillarda Amudaryo tumani "Mangʻit" xoʻjaligi raisi, 2002-2003 yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha birinchi oʻrinbosari, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, 2003-2004 yillarda Amudaryo tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 2004-2010 yillarda Qoraqalpogʻiston qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, 2010-2018 yillarda Beruniy tumani hokimi, 2018 yil 21 apreldan Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. 2018 yil 30 noyabrdan Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid