platina.uz
Jamiyat

Energetika vazirligi tadbirkorlarni ogohlantiradi

Energetika vazirligi tadbirkorlarni ogohlantiradi
​Energetika vazirligi tadbirkor va fuqarolarni neft mahsulotlarini noqonuniy saqlash, tashish va sotishdan ogohlantiradi. Energetika vazirligi huzuridagi «Oʻzneftgazinspeksiya», huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh aʼzolari bilan oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida fuqarolar tomonidan neft mahsulotlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, 15 dekabr kuni Toshkent shahridagi «Nazarbek» yoʻl patrul postida fuqaro A.Yu. boshqaruvidagi Gazel rusumli avtomobil yukxonasida F.Ya. ga tegishli boʻlgan 500 litr dizel yonilgʻisi nostandart yelim idishlarda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda olib ketayotgan vaqtida ushlangan. Hozirda ushbu holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda. Shuni taʼkidlash kerakki, neft mahsulotlarini noqonuniy saqlash, tashish va sotish insonlar hayoti va mol mulkiga jiddiy zarar yetkazishi hamda ogʻir asoratlar qoldirishi mumkin. Shu bois, Energetika vazirligi tadbirkor va fuqarolarni neft mahsulotlarini noqonuniy saqlash, tashish va sotishdan ogohlantiradi.
"Bu kabi noqonuniy holatlar aniqlanganda, birinchidan, aniqlangan neft mahsulotlari musodara boʻladi. Shuningdek, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qolaversa, yuqoridagi kabi qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishini eslatib oʻtamiz", -  deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid