platina.uz
Jamiyat

Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha toʻxtatiladi

Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha toʻxtatiladi
Joriy yil UzAuto Motors yiliga 300 ming avtomobil ishlab chiqarish uchun zavodlarni maksimal ishlab chiqarish quvvatiga keltirdi. Bu haqda UzAvto Motors kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. Oʻtgan yilda ishlab chiqarish hajmi 235 ming dona avtomobilni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda global inqiroz sharoitida kompaniya ishlab chiqarish hajmini 31 foizga oshirdi. Yanvar oyidan to hozirgi kunga qadar 310 ming donadan ortiq avtomobil ishlab chiqardi. Oʻzbekistonda avtomobillarga boʻlgan talabning anomal oʻsishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllanilgan yoʻldan borishni toʻgʻri deb hisoblaydi va Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga shartnomalar qabul qilishni vaqtincha toʻxtatadi. Bu oʻz navbatida barcha saʼy-harakatni avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha avtomobil ishlab chiqarishga yoʻnaltiradi. Mazkur xabarga deputat Rasul Kusherbayev oʻz munosabatini quyidagicha bildirdi:
"Shaxsan men kompaniyaning vajlariga ishonmayman. Bu monopolistning haridorgir avtomobillarga sunʼiy defitsit yaratib, narxni oshirish borasidagi navbatdagi oʻyini boʻlishi mumkin", - dedi Kusherbayev.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid