platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 42 mln soʻmlik saryogʻni oʻgʻirlab ketishda gumonlangan shaxs ushlandi

Toshkentda 42 mln soʻmlik saryogʻni oʻgʻirlab ketishda gumonlangan shaxs ushlandi
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi doʻkonlardan birida 42 million soʻmlik saryogʻni oʻgʻirlaganlikda gumonlangan shaxs aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Chilonzor IIO FMBga 1 dekabr kuni kelib tushgan xabarga koʻra, joriy yilning 15 oktabrdan 30 noyabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, nomaʼlum shaxs, shu tumandagi doʻkonlarning biridan jami 42.320.000 soʻmlik saryogʻni oʻgʻirlab ketganligi maʼlum boʻlgan. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan hamda doʻkonga haridor sifatida kelib yurgan 33 yoshli Yashnar Yu. aniqlanib, qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid