platina.uz
Jamiyat

Gazdan noqonuniy foydalanayotgan isteʼmolchilar aniqlandi

Gazdan noqonuniy foydalanayotgan isteʼmolchilar aniqlandi
Oʻzbekistonda 13-14 dekabr kunlari 191 holatda isteʼmolchilarning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Mazkur noqonuniy faoliyatlar natijasida davlat manfatlariga yetkazilgan zarar miqdori 2,1 mlrd soʻmni va gaz hajmi 2,3 mln kub metrni tashkil etgan. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz oʻrtacha 4 mingga yaqin hovli uylardagi xonadonlarning qish mavsumidagi bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi. Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan Toshkent viloyatida (504 mln soʻm), Qashqadaryoda (361 mln soʻm), Navoiyda (136 mln soʻm), Jizzaxda (123 mln soʻm), Sirdaryoda (137 mln soʻm), Xorazmda (138 mln soʻm) va Toshkent shahrida (132 mln soʻm) aniqlangan. Xususan:
  • Toshkent viloyati, Zangiota tumanida fuqaro M.A. ga qarashli issiqxona xoʻjaligi 119,5 mln soʻmlik;
  • Qashqadaryo viloyati, «Djoʻrayev Yuldash» xususiy tadbirkorga qarashli issiqxona xoʻjaligi 184,0 mln soʻmlik;
  • Qarshi tumanida fuqaro Sh.N. ga qarashli xususiy parrandachilik binosi 121 mln soʻmlik tabiiy gaz noqonuniy ravishda foydalanilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluchi organlarga yuborildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid