platina.uz
Jamiyat

"Azal" aviakompaniyasi Bokudan Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

"Azal" aviakompaniyasi Bokudan Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
15 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:15da Ozarbayjonning "Azal" aviakompaniyasi samolyoti Fargʻonaga kelib qoʻndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda. Maʼlum boʻlishicha, Boku-Fargʻona-Boku yoʻnalishini ochgan Airbus A320 borti anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yoʻlovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Aytish joizki, Fargʻona Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi uchinchi shaharga aylandi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga - seshanba va payshanba kunlari. Maʼlumot uchun, 1992 yilda tashkil etilgan "Ozarbayjon Havo Yoʻllari" ("Azal") yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan, MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatida yetakchilardan biri hisoblanadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid