platina.uz
Tahlil

Bosh prokuratura YPX masʼullari axboroti asosida tayyorlangan koʻrsatuvga eʼtiroz bildirdi

Bosh prokuratura YPX masʼullari axboroti asosida tayyorlangan koʻrsatuvga eʼtiroz bildirdi
“Oʻzbekiston-24” telekanalining “Vaziyat-24” koʻrsatuvida Bosh prokuratura xodimi hujjatlarsiz avtomashina boshqarib kelganligi haqida lavha berilgan. [video width="640" height="352" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2022/12/IMG_2671-2.mp4"][/video] Lavhada joriy yilning 13 dekabr kuni Chilonzor tumani KXAY – Foziltepa chorrahasida “Spark” rusumli transport vositasi Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan toʻxtatilib haydovchidan hujjatlar taqdim qilinishi soʻralganida, haydovchi oʻzini Bosh prokuraturaning xodimi sifatida tanishtirib, guvohnoma koʻrsatgan vaqtida guvohnoma xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyilganligi koʻrsatilgan. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan oʻrganilganida, haydovchi Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida xizmat qilmacligi va u tomonidan taqdim qilingan guvohnoma qalbaki ekanligi aniqlangan. Ushbu holat boʻyicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan. “Mazkur lavhani tayyorlash va maʼlumotlar taqdim qilishga masʼul boʻlgan matbuot xizmati tomonidan holatga toʻliq oydinlik kiritilmasdan, biryoqlama, noxolis taassurot va tushunchalarga sabab boʻladigan maʼlumot taqdim qilingan. Bu kabi noxolis maʼlumotlar prokuratura organlari shaʼniga putur yetkazadi hamda jamoatchilikda salbiy fikrlar yuzaga keltiradi. Shu bois, ommaviy axborot vositalariga taqdim qilinadigan maʼlumotlarni haqqoniyligini tekshirib, soʻngra taqdim qilish maqsadga muvofiq, deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid