platina.uz
Tahlil

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 18-son avtobus saroyi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 18-son avtobus saroyi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanida infratuzilma va ijtimoiy soha obʼektlari faoliyati bilan tanishyapti. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida joylashgan 18-son avtobus saroyi faoliyati bilan tanishdi. Qayd etilishicha, ayni damda bu yerda davlat rahbariga shahar koʻchalarida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash rejalari taqdimot qilinmoqda. Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, bugun Uchtepa tumanida faollar ishtirokida yigʻilish ham oʻtkaziladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid