platina.uz
Tahlil

Toshkentdagi “Ilhom” teatrida yongʻin sodir boʻldi

Toshkentdagi “Ilhom” teatrida yongʻin sodir boʻldi
12 dekabr kuni ertalab soat 03:34 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Ilhom” teatrida yongʻin chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, bu toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Yongʻinni oʻchirishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Aniqlanishicha, yongʻin natijasida teatr binosining 1-qavat xollining 80 kv.m maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli yongʻindan binoning 600 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan yoki halok boʻlmagan. Hozirda yonin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yongʻin tufayli spektakllar minimum ikki haftaga qadar toʻxtatildi. Oldin sotib olingan barcha chiptalar teatr qayta ochilganda amal qiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid