platina.uz
Tahlil

Quvur yorilishi oqibatida Angren neft bazasidan 11,5 ming litr benzin oqib ketdi

Quvur yorilishi oqibatida Angren neft bazasidan 11,5 ming litr benzin oqib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir boʻlgani, odamlar quvurdan oqib yotgan benzinni idishlarga quyib olib ketayotgani aks etgan videolar tarqalgandi. Korxona rahbariyati hodisaga munosabat bildirdi. “Joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angrenneftebazasi hududida 5000 m (kub) hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi tufayli muzlab yorilgan. Buning oqibatida sigʻimda boʻlgan AI-80 benzin yoqilgʻi mahsuloti (11 500 litr) toʻkilgan”, deya korxona boshligʻi D.Azimovning soʻzlarini keltirmoqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati. Taʼkidlanishicha, avariya zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida, soat 20:45 da bartaraf qilingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid