platina.uz
Tahlil

Jizzaxda begona qizning foto va videolarini internetda tarqatgan yigit ushlandi

Jizzaxda begona qizning foto va videolarini internetda tarqatgan yigit ushlandi
IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi qiz IIBga murojaat qilib, boshqalarga koʻrsatib boʻlmaydigan foto va videolarini nomaʼlum shaxs ijtimoiy tarmoqda tarqatayotganini bildirgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, foto va videolarni Jizzax shahrida yashovchi yigit tarqatayotgani aniqlangan. Dastlabki surishtiruvda u qizning foto va videolarini jabrlanuvchining tanishi Sharof Rashidov tumanida yashagan, hozirda Rossiyaga mavsumiy ishchi sifatida ishlashga ketgan yigit ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi uchun berganini maʼlum qilgan. Qayd etilishicha, holat yuzasidan har ikki yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid