platina.uz
Tahlil

Termizda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan shaxslar jarimaga tortildi

Termizda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan shaxslar jarimaga tortildi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 2 fuqaro baliqlarni noqonuniy tarzda ovlayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi. Boshqarma nazoratchilari hamkor organlar xodimlari bilan Termiz tumanidagi «Nurafshon» mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi «Uchqizil» kanalidan Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi T.T hamda A.O.ni taqiqlangan usullar va taqiqlangan ov qurollari (elektr qarmoq) bilan baliq ovlayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olgan. Boshqarma axborot xizmatidan olingan maʼlumotlarga koʻra, huquqbuzarlardan shu yerning oʻzida bir dona rezina qayiq, bir dona akkumulyator, qoʻlbola elektr qarmoq va ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan. Ayni paytda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi qonunning 35- va 53-moddalari talabini buzgan huquqbuzarlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hayvonat dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 45 million 180 ming soʻm jarima chorasi qoʻllandi. Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Termiz tumani sudida koʻrib chiqiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid