platina.uz
Tahlil

Oʻzbekistonda AI-80 markadagi benzin narxi 5500 soʻmgacha pasayishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda AI-80 markadagi benzin narxi 5500 soʻmgacha pasayishi kutilmoqda
Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayevning bildirishicha, AI-80 benzini uchun aksiz soligʻi bekor qilinishi natijasida yaqin kunlarda ushbu markadagi benzin narxi 5500 soʻmgacha pasayishi kutilmoqda. [video width="720" height="404" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2022/12/21.mp4"][/video]
«AI-80 benzini uchun aksiz soligʻi bekor qilinishi AYoQShlarda ushbu markada sotilayotgan yoqilgʻining narxi 1000-1200 soʻm arzonlashishiga olib kelishi kerak. Bugungi kunda AI-80 benzin narxi 5500 soʻmgacha pasayishi kutilmoqda. Taʼkidlash joizki, birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortganligi hamda birjada boshlangʻich narxdan 5 foizdan ortiq boʻlmagan holda narx oshishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, 5500 soʻmlik narxni yaqin kunlarda koʻrishimiz mumkin», - dedi energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid