platina.uz
Tahlil

Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etgani aytilmoqda

Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etgani aytilmoqda
Xorazm viloyatining Yangibozor tumanidagi xonadonda ikki kishi is gazidan vafot etdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 8 dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimi dispetcheridan tuman FVBga xabar kelib tushib, Yangibozor tumani Bogʻolon qishlogʻida yashagan 1958 yilda tugʻilgan J.R. hamda nevarasi 2009 yilda tugʻilgan R.B.ning uyida vafot etgani bildirilgan. Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar natijasida koʻra, voqea sodir boʻlgan xonadonda toʻqqiz nafar fuqaro boʻlgani, shulardan ikki nafari vafot etgani va qolgan yetti nafari tuman shifoxonasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgani aniqlangan. Ularning sogʻligi yaxshi boʻlgani uchun uyiga ruxsat berilgan. Ikki nafar fuqaro vafot etgani boʻyicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Surishtiruvni Yangibozor tumani prokuroturasi olib bormoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid